Bugungi kunda joylarda COVID-19 pandemiyasi tufayli karantin tartibi joriy qilin…

Муҳаббат ила баҳамлашинг

Bugungi kunda joylarda COVID-19 pandemiyasi tufayli karantin tartibi joriy qilinishi sababli asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab oshdi. Shu bois Kitob tumani hokimligi va tegishli tashkilotlar hamkorligida tuman miqyosida ko‘chma savdo do‘konlari faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi.

Har kuni har bir mahallada belgilangan tadbirkorlar tomonidan, tuman soliq inspeksiyasi nazorati ostida ko‘chma savdolar amalga oshiriladi. Muhimi, mazkur savdo do‘konlari orqali mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda, doimiy aholi yashash joylarida tashkil etiladi. Bu aholiga qulaylik yaratish bilan birga bozorlar va savdo markazlarida fuqarolarning gavjum bo‘lishining oldini oladi.

🥦@kitabdistrict🚚


_______________________________________________________________________ Барча маълумотлар ва хабарлар очиқ манбалардан олинган.
Ижтимоий тармоқлардаги каналлар, гуруҳлар, саҳифаларда муаллифларнинг билдирган фикрлари Kitab.Uz сайти таҳририяти фикридан фарқ қилиши мумкин _______________________________________________________________________



Манба: Facebook — Китоб ҳокимлиги

Шарҳ ёзиш