"100 ming so'm ish haqqi olyapmiz. Bu pul bilan oila boqib bo'lad…

Муҳаббат ила баҳамлашинг

⚡️"100 ming so'm ish haqqi olyapmiz. Bu pul bilan oila boqib bo'ladimi " ? Qarshi tuman tibbiyot birlashmasida ishlayotgan feldsherlar ularni hech kim tenglamayotganini aytmoqda.

👉Murojaat uz telegramm kanaliga Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi TTYo bo'limi Navbahor filialida feldsher bo'lib ishlovchi Dilrabo Jo'rayevadan murojaat kelib tushdi.

👉Feldsher Jo'rayevaning aytishicha u ishlayotgan bo'limda mart oyida qisqartirish bo'lib,ish stavkalari tushub ketishi natijasida ish haqqi kamayib ketgan.

👉 " Bir oyda turgan navbatchiligimiz soniga qarab 1 mln so'mgacha ish haqqi olar edik. Hozir esa 100 ming so'm olyapmiz. Bu pul bilan oila boqib bo'lmaydiku" deydi Dilrabo Jo'rayeva.

👉 Ma'lum bo'lishicha fuqaro 25-mart kuni Bosh prokuratura ishonch telefoniga murojaat qilgan.

👉1-aprel kuni esa feldsherga javob xati yo'llangan. Jumladan javob xatida Call markazi tashkil etilgani munosabati bilan Qarshi tuman TTYo bo'limida dispetcher, katta hamshira, orastabonu shtatlari qisqartirilgani va fuqaroning iltimosini qanoatlantirishning imkoni yo'qligi keltirib o'tilgan va fuqaroga bandlikka ko'maklashish markaziga murojaat qilishi tavsiya qilingan.

Dilrabo Jo'rayevaning takidlashicha, tashkil etilgan deb aytilayotgan Call- markaz hali ishlayotgani yo'q. Markaz tashkil etilmasdan turib ish soatlarining qisqartirib yuborilishi qonuniymi ?

👉 Ikkita despitcherlik posti bittaga qisqartiridi. Boshqa tumanlarda esa bunday emas.

👉 Amaliy yordam berilishini suraymiz deyiladi kanalimizga yuborilgan audio murojaatda.

Murojaat uz telegram kanali mazkur murojaatni Qarshi tuman hokimligi axborot xizmatiga yetkazdi.

Umid qilamizki hokimlik vakolati doirasida tibbiyot hodimlarining shikoyatini o'rganib chiqadi va ish staji kamayib ketayotgan feldsherlarga amaliy yordam beradi.

Chunki 100 ming so'm oylik bilan oila boqish chindanda qiyin ish !

Nomoz Choriyev

t.me/murojaatkarshi


_______________________________________________________________________ Барча маълумотлар ва хабарлар очиқ манбалардан олинган.
Ижтимоий тармоқлардаги каналлар, гуруҳлар, саҳифаларда муаллифларнинг билдирган фикрлари Kitab.Uz сайти таҳририяти фикридан фарқ қилиши мумкин _______________________________________________________________________



Манба: Facebook — Мой город Карши/ Она шаҳрим -Қарши

1 комментарий

Шарҳ ёзиш